Avvalroq Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida it bolalarining quloqlarini yulib olgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi. viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi ushbu yigit jazolanganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tumanning Mehnatobod mahallasida yashovchi fuqaro O.Y. oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida itning 3 ta bolasiga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlib, ularning quloqlarini yulib tashlagani aks etgan video materialni joylashtirgan.
Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborilgan.
Sud hukmiga muvofiq, yigitga nisbatan 10 kun maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.