XXR raisi Xitoy-Afrika hamkorlik forumi sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi

05.09.2024 00:00 Dunyo 5

XXR raisi Si Szinpin bugun 2024 yilgi Xitoy-Afrika hamkorlik forumi sammitining ochilish marosimida ishtirok etdi.

0604212917dd48c4bf1e740773c5a91c

Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy — Afrika hamkorlik forumida Afrika uchun kamida 1 millionta ish oʻrni yaratishga vaʼda berdi. U Afrika mamlakatlariga yangi moliyalashtirish dasturida 51 milliard dollar ajratishni, shu jumladan, kreditlar va turli xil yordam turlarini taqdim etishini va qitʼa boʻylab bir qancha infratuzilma loyihalarini qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

202409056f258b8a46274d8a88fa5ee4a3ec3d03_4c8df405ff4a4ea08fa4033792d54e84

“Biz birgalikda yoʻllar, temir yoʻllar, maktablar, kasalxonalar, sanoat markazlari va maxsus iqtisodiy zonalarni qurdik. Ushbu loyihalar koʻplab odamlarning hayoti va taqdirini oʻzgartirdi”, dedi Xitoy rahbari. Shuningdek, u Xitoy va Afrika xalqi yangi hamda katta ishlarni amalga oshirishi, Global Janubni modernizatsiya qilishga rahbarlik qilishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Uch kunlik sammit arafasida Afrika rahbarlari infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, togʻ-kon va energetika boʻyicha hamkorlik bilan bogʻliq koʻplab bitimlarni eʼlon qilishdi. Boshqa kelishuvlar qatorida Keniya Prezidenti Uilyam Ruto poytaxt Nayrobi va Mombasa oʻrtasidagi temir yoʻlni va Sharqiy Afrika mamlakatining gʻarbidagi avtomagistralni kengaytirish boʻyicha hamkorlik qilish rejalarini eʼlon qildi.