2025-yilda bajarilgan ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha maʼlumot berildi

2025-yilda Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 30,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Qurilish ishlari hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 605 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati — 732,6 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati — 1,4 trln soʻm;
  • Jizzax viloyati — 442,5 mlrd soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati — 2,5 trln soʻm;
  • Navoiy viloyati — 453 mlrd soʻm;
  • Namangan viloyati — 1,7 trln soʻm;
  • Samarqand viloyati — 549,3 mlrd soʻm;
  • Surxondaryo viloyati — 461,7 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati — 197,2 mlrd soʻm;
  • Toshkent viloyati — 5,2 trln soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 1,2 trln soʻm;
  • Xorazm viloyati — 390,1 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahri — 14,4 trln soʻm.