Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin boʻladi.
Maʼlumot uchun, ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi belgilangan edi.
Bundan tashqari, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq toʻlashi belgilangan.
Avval ushbu Qonunda mazkur soliq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilangan edi.