Toshkent mezbonlik qilayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi doirasida Osiyo Olimpiya kengashi prezidentligi uchun saylov boʻlib oʻtdi. Yakunda Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, Qatar Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy bir ovozdan maʼqullandi.
26-yanvar kuni boʻlib oʻtgan tadbirda davlatimiz rahbari ham ishtirok etib, Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniyni olimpiya harakatini rivojlantirish, muhim sport tashabbuslarini ilgari surishga qoʻshayotgan alohida hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasining shon-sharaf ordeni” bilan taqdirladi.