Prezident Xitoy moliya vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

26.09.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

ce48992b-5e07-0433-a47d-edfcfb6d1c71_lists_slider_7572

Samarqand shahrida o‘tayotgan OIIB boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy moliya vaziri Lan Foanni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoy moliya vaziri davlat rahbariga Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

8e564dd9-869d-064c-d0f3-78dbcb63abde_lists_slider_7572

Xitoyning yetakchi bank-moliya institutlari bilan sheriklikni mustahkamlash, ustuvor investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.