O'zbekistonda voyaga yetmaganlarga, xususan 14 yoshga to'lmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy xarakterdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Takliflar orasida eng og'ir jazo chorasi — umrbod ozodlikdan mahrum etish ham bor. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.
Bu normalar “O'zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish dasturi loyihasiga kiritilgan bo'lib, hozirda hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan. Loyihaga ko'ra, 14 yoshga yetmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, bolalarga nisbatan jinsiy va boshqa turdagi zo'ravonlik holatlari bo'yicha jinoyat ishlarini tergov qilish to'liq prokuratura vakolatiga o'tkazilishi ko'zda tutilgan.