Oʻzbekiston armiyasi dunyo reytingida yuqoriladi. Bu haqida Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Global Firepower” portali “Global Firepower Index-2026” dunyo armiyalari reytingini eʼlon qilgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy salohiyati boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi va dunyoning 145 mamlakati orasida 5 pogʻonaga balandlab, 53-oʻrinni egallagan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining reytingi quyidagicha koʻrinish olgan:
- Qozogʻiston – 58-oʻrin;
- Turkmaniston – 78-oʻrin;
- Tojikiston – 100-oʻrin;
- Qirgʻiziston – 109-oʻrinni egalladi.
“Global Firepower Index-2026” reytingida dunyoning eng kuchli armiyasi sifatida AQSH yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi, ikkinchi oʻrinni Rossiya egallagan. Xitoy esa uchinchi pogʻonada qayd etilgan.