Haj va umraga boruvchilar yagona portal orqali roʻyxatdan oʻtishi majburiy etib belgilandi

Respublikada “Haj va umra yagona portali” ishga tushirilgani maʼlum qilinib, endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida boʻlgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali roʻyxatdan oʻtish majburiy etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, haj va umr tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Mazkur hujjat bilan respublikada “Haj va umra yagona portali” ishga tushirilgani maʼlum qilinib, endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida boʻlgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali roʻyxatdan oʻtish majburiy etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, fuqarolarga xorijda sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:

• 2026-yil 1-fevraldan boshlab — haj tadbiriga;

• 2026-yil 1-maydan boshlab — umra tadbiriga olib borish portalda majburiy roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar haqidagi maʼlumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.