Oʻzbekistonda quyma oltin narxi rekord darajada oshdi. Markaziy bank bugun, 23-yanvar kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 1 grammli qimmatli metall narxi ilk bor 2 million soʻmga yaqinlashgan.
Regulyator maʼlumotlarida keltirilishicha, oltin quymalari qiymati quyidagicha:
• 5 gramm — 9 mln 793 ming soʻm;
• 10 gramm — 19 mln 585 ming soʻm;
• 20 gramm — 39 mln 171 ming soʻm;
• 50 gramm — 97 mln 927 ming soʻm;
• 100 gramm — 195 mln 854 ming soʻm.
Aytish joiz, Markaziy bank 5-yanvar kunidan eʼtiboran ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini eʼlon qilishni boshladi. Unga koʻra, 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming soʻm boʻlgandi. Narxlar esa qadogʻi butligi yoki buzilganiga qarab farqlanadi.