“Oʻzgidromet” 13-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 17-19° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2-7°iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 10-15°iliq boʻladi.