Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-noyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 17,65 soʻmga tushdi va 11 972,35 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 14,43 soʻmga pasayib, 13 852,01 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,03 soʻmga tushib, 147,52soʻmni tashkil etdi.