Pekinda XX chaqiriq KPK Markaziy Qo'mitasining to'rtinchi yalpi majlisi ochildi.

21.10.2025 09:00 Dunyo 1773 ipaknews.uz XXR

20-oktabr kuni Pekinda XX chaqiriq KPK Markaziy Qo'mitasining to'rtinchi yalpi majlisi ochildi. Majlis 23-oktabrgacha davom etadi.

Yalpi majlis davomida ishtirokchilar KPK Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosining ishi bo'yicha hisobotni tinglashadi. Majlisdan so'ng yangi besh yillik reja bo'yicha takliflar e'lon qilinadi va yakuniy hujjat 2026-yil mart oyida "ikki sessiya"da - Butunxitoy xalq vakillari kengashi va Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashining yillik majlislarida taqdim etiladi.

XX chaqiriq Markaziy Qo'mitasining avvalgi uchinchi yalpi majlisi 2024-yil iyul oyida bo'lib o'tgan edi.