2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 18,8 trln soʻmga yetgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi ma'lumotiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Hududlar kesimida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 11,3 trln soʻm;
- Toshkent viloyati – 1,3 trln soʻm;
- Samarqand viloyati – 933,8 mlrd soʻm;
- Fargʻona viloyati – 795,3 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati – 664,8 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 540,1 mlrd soʻm;
- Namangan viloyati – 539,3 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati – 484,7 mlrd soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 480,9 mlrd soʻm;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 419,8 mlrd soʻm;
- Xorazm viloyati – 410,2 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati – 387,4 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati – 233,6 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 222,2 mlrd soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 foizga oʻsgan.