Bugun harorat 17 darajagacha isiydi

Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

Foto: Muhsin Umurzoqov/“Xalq soʻzi”
Foto: Muhsin Umurzoqov/“Xalq soʻzi”

"Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, “Oʻzgidromet” 10-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 14-16° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 0-5°iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun Toshkent viloyatining togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2°iliq, kunduzi 8-13°iliq boʻladi.