Hafta davomida kunlar yana isib, harorat 32 darajagacha koʻtariladi

Oʻzbekiston hududi boʻyicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Foto: xs.uz
Foto: xs.uz

“Oʻzgidromet” 6-10-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini e'lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Harorat foni iqlim meʼyoridan biroz yuqori boʻladi. Harorat kechalari 8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja boʻladi, hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 30-32 darajagacha koʻtariladi.

10-oktyabr, juma kuni respublika shimolida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.