Andijon viloyatida 965,8 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Andijon” GTF mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tadbirda “A.D.” MCHJ rahbari A.K. “Navro‘z” MFY hududidagi oshxona binosida gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 654,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.X. non ishlab chiqarish syexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 311,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.