Olmaliq shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Umumiy bahosi 192 mln so‘mlik turli nomdagi 463 quti tamaki va 656 quti elektron tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlangan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.V.” MCHJ rahbari A.V. savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 192 mln so‘mlik turli nomdagi 463 quti tamaki va 656 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.