Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro X.N. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto - aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun 2 dona mayning qurilmalarini noqonuniy ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 653 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.