O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov "Dunyo" AA muxbirining bir qator savollariga javob berdi.
"Dunyo" AA muxbiri :O'zbekiston 1-yanvar kuni BRIKS bo'yicha hamkor davlatga aylandi. Mamlakatimizning ushbu assotsiatsiyadagi ishtirokidan qanday foyda kutilmoqda?
A Burxanov: BRIKS ko'p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va dinamik birlashmasi hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, bunday o'zaro hamkorlik modeli BMTning markaziy rolini saqlab qolgan holda yana-da adolatli dunyo tartibining yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo'lishi mumkin.
BRIKS a'zolarining aksariyati bizning an'anaviy hamkorlarimizdir. Biz birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko'zlaymiz. BRIKS katta imkoniyatlarga ega ulkan bozordir. Uyushma a'zolari bilan aloqalarning har tomonlama kengayishi xalqimiz farovonligini ta'minlashda ijobiy o'rin tutadi.