Qarorga köra, quyidagilar asosiy maqsadlar etib belgilandi:
— 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş;
— 2030-yilga qadar mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlarini joriy etiş;
— har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş;
— mahkumlarni kasbga öqitiş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş.
“Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028 öquv yilidan boşlab:
— mahkumlarga oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş va masofaviy taʼlim şaklida tölov-kontrakt asosida öqiş imkoni yaratiladi;
— öqişga qabul qilingan mahkumlar masofaviy taʼlim şaklida öqişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Şuningdek:
— yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi va har çorakda BHMning uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi;
— barça koloniyalardagi mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi taşkil etiladi;
— koloniyalar kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.