Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya toʻlovlari davom ettiriladi

Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya toʻlovlari davom ettiriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Prezident qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga har oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya toʻlovlari toʻlab borilmoqda.

Bunda elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyor 200 kVt·soat oshgan qismdan keyin 150 kVt·soatgacha etib belgilangan. Tabiiy gaz uchun — qish oylarida bazaviy meʼyordan oshgan 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa 150 kub metrgacha boʻlgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Shuningdek, Hukumatning 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga koʻra, 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz yangi tariflari joriy etilishi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar uchun ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari ham oshiriladi. Yangi tartibga muvofiq:

• elektr energiyasi uchun bazaviy meʼyordan oshgan 150 kVt·soatgacha beriladigan kompensatsiya 30 ming soʻmdan 37,5 ming soʻmga;

• tabiiy gaz uchun isitish mavsumida bazaviy meʼyordan oshgan 250 kub metrgacha kompensatsiya 200 ming soʻmdan 225 ming soʻmga;

• boshqa mavsumlarda bazaviy meʼyordan oshgan 150 kub metrga kompensatsiya 120 ming soʻmdan 135 ming soʻmga oshiriladi.

Taʼkidlanishicha, fuqarolar kompensatsiya olish uchun oʻzi istiqomat qilayotgan mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning “1140” Call-markaziga murojaat qilishlari mumkin.