“Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari boʻlgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.
Qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari quyidagicha:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida (kattalar oʻrtasida):
- oltin medal uchun shaxmatchiga — 200 000 AQSH dollari, treneriga — 50 000 AQSH dollari;
- kumush medal uchun shaxmatchiga — 100 000 AQSH dollari, treneriga — 25 000 AQSH dollari;
- bronza medal uchun shaxmatchiga — 50 000 AQSH dollari, treneriga — 12 500 AQSH dollari.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida (yoshlar oʻrtasida):
- oltin medal uchun shaxmatchiga — 20 000 AQSH dollari, treneriga — 5 000 AQSH dollari;
- kumush medal uchun shaxmatchiga — 10 000 AQSH dollari, treneriga — 2 500 AQSH dollari;
- bronza medal uchun shaxmatchiga — 5 000 AQSH dollari, treneriga — 1 250 AQSH dollari.
FIDE tasnifiga koʻra jahon miqyosidagi musobaqalarda:
- oltin medal uchun shaxmatchiga — 15 000 AQSH dollari, treneriga — 7 000 AQSH dollari;
- kumush medal uchun shaxmatchiga — 7 500 AQSH dollari, treneriga — 3 500 AQSH dollari;
- bronza medal uchun shaxmatchiga — 3 750 AQSH dollari, treneriga — 1 750 AQSH dollari.
FIDE tasnifiga koʻra Osiyo miqyosidagi musobaqalarda:
- oltin medal uchun shaxmatchiga — 10 000 AQSH dollari, treneriga — 5 000 AQSH dollari;
- kumush medal uchun shaxmatchiga — 5 000 AQSH dollari, treneriga — 2 500 AQSH dollari;
- bronza medal uchun shaxmatchiga — 2 500 AQSH dollari, treneriga — 1 250 AQSH dollari.
Shuningdek, xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan shaxmatchiga 5 000 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Trenerlarga nazarda tutilgan pul mukofoti gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni oxirgi bir yil davomida tayyorlagan trenerlarga beriladi. Tegishli Trenerlar kengashining qaroriga asosan, ushbu mablagʻlar sportchini tayyorlashda soʻnggi 4-yilda ishtirok etgan trener va boshqa mutaxassislar oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
*Pul mukofotining ilgarigi miqdorlari ushbu havolada keltirilgan.