Özbekistonda soğliqni saqlaş xizmatlari hajmi 17 trillion sömdan oşdi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida soğliqni saqlaş sohasida körsatilgan xizmatlar hajmi 17,6 trillion sömga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga ösgan.

Soğliqni saqlaş xizmatlarining 32,3 foizi şifoxona muassasalari, 14,4 foizi şifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari hissasiga töğri kelgan. Qolgan 53,3 foizini esa soğliqni saqlaş sohasidagi boşqa xizmatlar taşkil etgan.

Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etilib, poytaxtda körsatilgan tibbiy xizmatlar hajmi 8 trillion sömga yetgan.

Şuningdek, soğliqni saqlaş xizmatlari hajmi Toşkent viloyatida 1,8 trillion söm, Samarqand viloyatida 1,3 trillion söm, Farğona viloyatida 1 trillion sömni taşkil etgan.

Qolgan hududlarda mazkur körsatkiç quyidagiça bölgan:

  • Namangan viloyati — 870,9 milliard söm;

  • Andijon viloyati — 796,9 milliard söm;

  • Buxoro viloyati — 609,2 milliard söm;

  • Xorazm viloyati — 591,7 milliard söm;

  • Qaşqadaryo viloyati — 553,2 milliard söm;

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 525,1 milliard söm;

  • Surxondaryo viloyati — 442,4 milliard söm;

  • Jizzax viloyati — 395,7 milliard söm;

  • Sirdaryo viloyati — 307,5 milliard söm;

  • Navoiy viloyati — 296,3 milliard söm.

Şunday qilib, mamlakatda soğliqni saqlaş xizmatlari hajmi böyiça Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda.-