Özbekistonda jarimasini 60 kundan ortiq vaqt davomida tölamagan haydovçilarning avtomobillari jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Özbekiston içki işlar vaziri yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq maʼmuriy işlarni rasmiylaştiriş va körib çiqiş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqladi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi yöriqnoma yöl harakati qoidalarini buziş holatlariga nisbatan qöllaniladi hamda 2011-yildan buyon amalda bölgan tegişli tartibning örnini egallaydi.

Buyruqqa muvofiq, huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma inspektor tomonidan voqea joyida planşet orqali “Maʼmuriy amaliyot” modulida rasmiylaştiriladi. Huquqbuzarning şaxsi biometrik maʼlumotlar asosida aniqlanadi, bayonnoma esa elektron imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlanadi.

Qoğoz şaklidagi bayonnoma faqat ayrim holatlarda, jumladan, huquqbuzar öz aybini tan olmaganda yoki hududda aloqa mavjud bölmaganda tuziladi. Inspektorlarning voqea joyida jarima pulini naqd şaklda qabul qilişi qatʼiyan taqiqlanadi.

Maʼmuriy iş 15 kun içida körib çiqiladi. Uni körib çiqiş joyi va vaqti haqidagi xabarnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali yuboriladi. Qabul qilingan qaror ustidan 10 kun içida yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qiliş mumkin.

Jarima 60 kun içida tölanişi şart. Belgilangan muddatda tölov amalga oşirilmasa, transport vositasi haqidagi maʼlumotlar inspektorlarning planşetlarida paydo böladi. Haydovçi jarimani şu joyning özida tölamagan taqdirda, avtomobil qöşimça bayonnoma rasmiylaştirilmasdan jarima maydonçasiga joylaştiriladi.

Kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uçun transport vositasining mulkdori javobgar hisoblanadi. Bunda huquqbuzarlikning takroran sodir etilgani inobatga olinmaydi. Agar kamera maʼlumotlari tegişli markazga 48 soatdan keçikib kelib tuşsa, maʼmuriy iş tugatiladi.

Ayrim qoidabuzarliklar uçun ikki ballgaça jarima ballari hisoblanadi. Uşbu ballar bir yildan söng bekor qilinadi. Agar haydovçi bir yil davomida 12 balldan ortiq jarima balli töplasa, qöşimça jazo çorasini qöllaş uçun iş avtomatik ravişda sudga yuboriladi.

Mazkur hujjat 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.