«Özgidromet» 11-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toşkent şahrida havo özgaruvçan böladi. Keçasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Ğarbdan 3–8 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 5–7 daraja, kunduzi 8–10 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo özgaruvçan böladi. Yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida qor yoğişi mumkin. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Toşkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo özgaruvçan bölib, yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Samarqand viloyatida havo özgaruvçan böladi. Keçasi va ertalab yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. Keçasi va ertalab yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgaruvçan böladi. Yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi, ayrim joylarda uning tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq böladi.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida havo özgaruvçan böladi. Baʼzi joylarda yoğingarçilik kuzatiladi, yomğir qorga aylanadi. Ayrim joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. Tuman tuşişi ehtimoli bor. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda şamol esadi. Harorat keçasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq böladi.