11
11

Toşkentda isitiş mavsumi 9-noyabrdan boşlanadi

Poytaxt hokimining tegişli qaroriga muvofiq, Toşkent şahrida 2026–2027-yilgi isitiş mavsumi 9-noyabrdan boşlab bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi.

Dastlab ijtimoiy soha obyektlari — maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa muassasalarda isitiş tizimi işga tuşiriladi. Şuningdek, şu kundan boşlab köp kvartirali turar joy binolariga ham issiqlik berila boşlanadi.

Issiqlik taʼminotiga ulaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Isitiş uçun tölovlar issiqlik amalda ulangan kundan boşlab hisoblanadi. Ulaniş sanasi boşqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.

Xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, aholiga uyga xizmat körsatuvçi boşqaruv kompaniyasiga murojaat qiliş tavsiya etilmoqda. Çunki bino içida issiqlikni taqsimlaş va içki tizimlarning soz holatda işlaşini taʼminlaş boşqaruv taşkiloti zimmasiga yuklatilgan.

Issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganda, Veolia Energy Taşkent kompaniyasining quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiliş mumkin:

  • Call-markaz: 1347 yoki (71) 200-00-56;
  • Telegram-bot: @vet_pokazaniya_bot.

Telegram-bot orqali murojaatlar haftaning barça kunlari, 24 soat davomida qabul qilinadi.