Joriy yilning 9–12-noyabr kunlari Özbekiston hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda «Özgidromet» xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 9-noyabr kuni Özbekistonning şimoliy hududlariga, 10–12-noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelişi prognoz qilinmoqda. Buning natijasida mamlakat hududida ob-havo keskin özgaradi.
9–11-noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin. 10–11-noyabr kunlari şimoliy va toğli hududlarda yoğingarçilik qorga aylanadi.
Ayrim hududlarda şamol tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda.
9-noyabr kuni şimoliy hududlarda, 10–12-noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlarida havo harorati asta-sekin pasayadi.
Şimoliy hududlar va çöl zonalarida havo harorati keçasi 2–7 daraja sovuqqaça, kunduzi 3–8 daraja iliqqaça pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida esa keçasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 1–2 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq bölişi kutilmoqda.