Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi vafot etgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura maʼlumot berdi.
Unda aytilişiça, joriy yilning 25-oktyabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etgan. Yana 2 nafar fuqaro oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, hodisa quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Aniqlanişiça, uyning yertöla qismiga örnatilgan isitiş qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmoğiga esa belgilangan tartibda tegişli texnik şartlarsiz ulanilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257, 205-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar! Bunday köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida gaz uskunalari va isitiş moslamalaridan foydalanişda yonğin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilişingizni söraymiz. Şuningdek, gaz uskunalari va isitiş moslamalari belgilangan tartibda malakali mutaxassislar tomonidan örnatilişi hamda ularning texnik holati muntazam tekşirib turilişi lozim. Xavfsizligingizga befarq bölmang! Özingiz va yaqinlaringizni asrang!", — deyiladi Boş prokuratura xabarida.