11
11

Tibbiy xizmatlarni bosqiçma-bosqiç xususiy sektordan xarid qilişga ötiladi

Aholi soni ortib, yangi şahar va massivlar qurilayotgani tibbiyot infratuzilmasini puxta rejalaştirişni talab etmoqda. Bu iş qilinmasa, bir joyda şifoxona yetişmaydi, boşqa joyda mavjud quvvat töliq işlatilmaydi.

– Şu bois, endi yangi muassasalar aholi soni va hududlar joylaşuvidan kelib çiqib, master-reja asosida taşkil etiladi, – dedi Prezidentimiz.

Tibbiy xizmatlarni bosqiçma-bosqiç xususiy sektordan xarid qilişga ötiladi. Yangi autsorsing mexanizmlari joriy qilinadi.

Tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni örnatiş uçun davlat şifoxonalaridan joy ajratilib, körsatilgan xizmatlarga suğurta tizimi orqali haq tölanadi. Gemodializ, laboratoriya, sterilizatsiya, reabilitatsiya va fizioterapiya xizmatlari ham tadbirkorlardan xarid qilinadi. Har bir hududda tibbiy xizmatlar bozori va moliyalaştiriş mexanizmlari tadbirkor uçun foydali şartlarda eʼlon qilib boriladi.