11
11

Tibbiyot xodimlari uçun alohida davlat mukofoti taʼsis etiladi

Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini taʼkidladi.

Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.

Uçraşuvda mamlakatimiz yetakçisi davlat mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirdi.

Inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda barçaga örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun alohida davlat mukofotini taʼsis etiş taşabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.