Matonatli va qahramon öğil-qizlarim!
Hurmatli ustoz-murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Avvalo, barçangizni Yaponiyada bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida Özbekiston jamoasi tom maʼnoda tarixiy ğalabani qölga kiritgani bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mard va jasur farzandlarimiz Osiyo qitʼasining 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ziyod kuçli para sportçi iştirok etgan uşbu nufuzli musobaqalarda çinakam jasorat va matonat körsatib, mamlakatimiz sporti tarixida yana bir şonli sahifa oçganlari barçamizga çeksiz ğurur bağişlaydi.
Sizlar qizğin va murosasiz ruhda keçgan bellaşuvlarda 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalni qölga kiritib, Vatanimiz bayroğini baland kötarganingiz yuksak tahsinga munosibdir.
Sizlarning har bir çiqişingizni yurtimizdagi millionlab muxlislaringiz katta qiziqiş va hayajon bilan kuzatib bordi.
Butun Özbekiston xalqi Yaratgandan omad va zafarlar tilab, sizlarni çin dildan qöllab-quvvatladi.
Ayniqsa, sizlar ulkan azmu şijoatingiz bilan sporti jadal rivojlanayotgan Hindiston, Janubiy Koreya, Eron, Tailand, Indoneziya kabi davlatlar jamoalarini ortda qoldirib, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiyadan keyin uçinçi örinni zabt etganingiz – çinakam qahramonlikdir.
Sizlar Paraosiyo öyinlarida nafaqat çempionlik maqomini, balki butun xalqimizning işonçini, Vatanimiz şaʼni va ğururini munosib himoya qildingiz.
Özbekiston sport delegatsiyasi qölga kiritgan oltin medallarning teng yarmi qizlarimiz hissasiga töğri kelganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaşni istardim.
Şiddatli bahslarda yurtdoşlarimiz jahon va Osiyo rekordlarini yangilab, özbek para sportining imkoniyatlari çeksiz ekanini yana bir bor isbotladilar.
Pauerliftingçi qizimiz Röza Qöziyeva delegatsiyamiz hisobiga oltin medal taqdim etiş bilan birga jahon rekordini örnatdi. Madina Muxtorova, Karomat Omonova yadro uloqtirişda, Şahina Yigitaliyeva nayza uloqtirişda, Navröza Ahmadova disk uloqtirişda, Xurşid Qodirov 100 metrga yugurişda, Yegor Bolotov 100 metrga çalqança suziş va 200 metrga kompleks suziş dasturlarida, delegatsiyamiz tarkibidagi eng yoş sportçilarimizdan 16 yoşli Lolaxon Qodirova qizimiz 50 metrga erkin usulda suzişda Osiyo rekordini qayd etdi.
Bundan taşqari, para velosport, pauerlifting va para yengil atletika sport turlari böyiça ham 16 nafar vakilimiz Paraosiyo öyinlari rekordini yangilaşga muvaffaq böldi.
Dmitriy Xorlin törtinçi bor, Bobirjon Omonov, Husniddin Norbekov, Qudratilloxon Maʼrufxöjayev, Faxriddin Hamroyev uçinçi bor Paraosiyo öyinlari şohsupasiga kötarilgan bölsa, Asila Mirzayorova, Şahina Yigitaliyeva, Guljonoy Naimova, Röza Qöziyeva ikkinçi marotaba qitʼada tengsiz ekanini amalda tasdiqladilar.
Şuningdek, Madina Muxtorova, Navröza Ahmadova, Mubinabonu Xalilova raqiblariga heç bir imkoniyat qoldirmasdan, ikki karra, Xurşid Qodirov esa uç karra oltin medal sohibiga aylandi.
Paraosiyo öyinlarida birinçi marta iştirok etgan Yegor Bolotov para suziş dasturlarida 4 ta oltin va 1 ta kumuş medalni qölga kiritdi.
Para velosport böyiça jahon birinçiligida Özbekistonga ilk tarixiy oltin medalni olib kelgan delegatsiyamiz bayroqdori
Marjona Pardaboyeva Paraosiyo bellaşuvlarida ham yetakçilikni saqlab qoldi va ikki karra Osiyo çempioni degan şarafli nomga sazovor böldi.
Delegatsiyamizning 15 yaşar aʼzosi Boburbek Toştemirov para velosportning trek bahslarida Özbekistonning Paraosiyo öyinlaridagi birinçi oltin medalini qölga kiritiş bilan birga eng yoş çempion sifatida ham tarixga kirdi.
Bularning barçasi – sizlarning tinimsiz mehnatingiz, bukilmas irodangiz, isteʼdod va mahoratingiz, qolaversa, yurtimizda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan tizimli işlarimiz natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Fursatdan foydalanib, mana şunday dovyurak va pahlavon farzandlarni tarbiyalagan, ezgu intilişlaringizni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalaringiz, mohir va jonkuyar murabbiylaringizga çin yurakdan minnatdorlik izhor etaman.
Qadrli döstlar!
Hurmatli sportçilar!
Sizlar Aiçi–Nagoya maydonlaridagi yorqin ğalabangiz bilan Yangi Özbekistonda Paralimpiya harakati yuqori bosqiçga kötarilgani, bu yölda yangi oltin avlod şakllanganini butun dunyoga namoyon etdingiz.
Bir fikrni alohida taʼkidlab aytmoqçiman: sizlar taqdirning har qanday sinovlariga qaramasdan, faqat ğalaba, ezgu maqsad va yuksak marra sari intiladigan insonlarsiz. Mana şunday fazilatlaringiz yanada ziyoda bölsin!
Işonçim komil, Yaponiya zaminida erişilgan natija, töplangan tajriba 2028-yil Los-Anjelesda ötadigan Paralimpiya öyinlari uçun mustahkam zamin bölib xizmat qiladi.
Sizlar jahonning ana şu eng nufuzli öyinlariga ham albatta munosib tayyorgarlik bilan borasiz!
Kelgusi faoliyatingiz yanada yorqin zafarlarga albatta boy böladi!
Yangi Özbekistonning buyuk sport solnomasini yaratişda sizlarga hamişa omad yor bölsin, aziz farzandlarim!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti