Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga jami 27 trln 91,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ajratilgan mablagʻlar hududlar kesimida ham taqsimlangan. Eng katta mablagʻ Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelib, 3 trln 50,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Fargʻona viloyatiga 2 trln 782,4 mlrd soʻm va Andijon viloyatiga 2 trln 307,7 mlrd soʻm miqdorida yoʻnaltirilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatiga 2 trln 95,1 mlrd soʻm, Qashqadaryo viloyatiga 2 trln 81,3 mlrd soʻm, Namangan viloyatiga esa 2 trln 31,1 mlrd soʻm ajratilgan.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun respublika byudjetidan 1 trln 372 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Eng kam mablagʻ Sirdaryo viloyatiga ajratilgan boʻlib, 801,2 mlrd soʻmni tashkil etgan.