Jakartada oʻtkazilayotgan ASOCIO Digital & AI Summit doirasida Sirdaryo viloyati ASOCIO xalqaro tashkilotiga rasman aʼzo boʻldi.
Ushbu aʼzolik maqomi xalqaro IT kompaniyalari bilan hamkorlik, qoʻshma loyihalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Forumda viloyatning IT salohiyati 24 ta davlat vakillariga taqdim etildi. Shuningdek, 2027-yilda Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkaziladigan sunʼiy intellekt sammitiga Sirdaryo viloyati mezbonlik qilishi boʻyicha kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun: ASOCIO — Osiyo va Okeaniyadagi 24 ta davlat va iqtisodiyotning IT uyushmalari hamda tashkilotlarini birlashtiruvchi, raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik va qoʻshma loyihalarni rivojlantiruvchi xalqaro tashkilot.