11
11

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8 oyda 57,4 mlrd dollarga yetdi

2026-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4 mlrd AQSH dollariga yoki 7,6 foizga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport ulushi 22,9 mlrd AQSH dollarni (–3,4 foiz), import hajmi esa 34,5 mlrd AQSH dollarini (+16,3 foiz) tashkil qilgan. Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 11,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,7 foizga oʻsgan.

Mazkur davrda Oʻzbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (23 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16 foiz), Qozogʻiston (6,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afgʻoniston (2,5 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.