“Oʻzgidromet” 21-25-sentyabr kunlar kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi
Unga koʻra, ushbu ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida va 24-25-sentyabr kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 29-32 daraja, 25-sentyabrda 27-29 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.