Kelasi hafta qanday ob-havoga guvoh boʻlamiz?

“Oʻzgidromet” 15-18-sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-17-sentyabrda 27-32 daraja, 18-sentyabrda 29-34 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 15-16-sentyabrda 28-33 daraja, 17-18-sentyabrda 30-35 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 15-16-sentyabrda 30-35 daraja, 17-18-sentyabrda 32-37 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 15-17-sentyabrda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-17-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.