Toshkentda issiq suv taʼminoti bosqichma-bosqich vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan poytaxtda issiq suv taʼminoti bosqichma-bosqich besh kungacha toʻxtatilishi mumkin.

Rejali oʻchirishlar “Toshkent issiqlik energetika markazi” MCHJ tasarrufidagi 1-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va 8-ITMlar, shuningdek, Toshkent IES, 2-ITM hamda “Sanoatenergo” va “Vodnik” qozonxonalarida amalga oshiriladi.

“Veolia Energy”ning Tashkent maʼlum qilishicha, taʼmirlash ishlari issiqlik taʼminoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va ushbu davrida aholini uzluksiz issiqlik bilan taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

Ayrim mahalliy qozonxonalardagi taʼmirlash ishlari tufayli issiq suv taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar ham kuzatilishi mumkin.

Issiq suv oʻchiriladigan manzillar va aniq sanalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

[1-havola]

[2-havola]