Hafta davomida ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, ayrim kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va joriy yilning 10-11-sentyabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Hafta davomida harorat foni kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida nisbatan tekis boʻlishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-gʻarbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagacha biroz pasayadi.

7-11-sentyabr kunlari respublika togʻli hududlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 8-10-sentyabrda shimolda va choʻl hududlarda, 11-sentyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi

Shuningdek, Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻldi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja boʻladi, kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagacha oʻzgarib turadi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.