Toshkentda quvur yorilib, yoʻl qoplamasi va avtomobillar zararlandi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Glinka koʻchasida yer osti quvuridagi nosozlik oqibatida yoʻl qoplamasi va bir nechta avtomobil zararlandi. “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, hodisa joyiga avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislar zudlik bilan yetib borgan. Ayni vaqtda xodimlar hodisaning barcha tafsilotlari va quvur shikastlanishi sabablarini oʻrganmoqda.

Gallery 1
Gallery 2
Gallery 3
Gallery 4
Gallery 5

Hozircha hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan. Quvurlar yaqinda taʼmirlangani haqidagi maʼlumotlar ham tekshirilmoqda.

qayd etilishicha, hodisa sabablari va koʻrilayotgan choralar haqida qoʻshimcha maʼlumot tekshiruv natijalariga koʻra taqdim etiladi.