Bugun ayrim hududlarda chang-toʻzon kuzatilishi mumkin

“Oʻzgidromet” 3-sentyabr kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-toʻzon kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

3-sentyabr kuni kunduzi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va togʻli hududlarda ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Oʻzbekiston hududining aksariyat qismida kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunning birinchi yarmida, Fargʻona vodiysida esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor.

Kun davomida shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 28–33 daraja, janubiy hududlarda 37 darajagacha isiydi.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati 28–30 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati 22–27 daraja boʻladi.