Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanalarda oʻquvchilarga yangi oʻquv yilida zafarlar, bitmas-tuganmas gʻayrat va yuksak marralarni egallash tilandi. Tadbirlarda soʻzga chiqqanlar zamonaviy bilim va ilm-fanni egallash, doimiy intilish hamda har tomonlama barkamol inson boʻlib yetishishning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida toʻxtaldilar.
Maktab hovlilarida yangragan “Birinchi qoʻngʻiroq” ovozlari, oʻquvchilarning chin dildan bildirgan quvonchlari va ustozlarning samimiy tilaklari bayramga oʻzgacha koʻtarinki ruh bagʻishladi. Yangi oʻquv yili minglab oʻquvchilar uchun yana bir katta bilimlar olamiga tashlangan qutlugʻ qadam boʻldi.