Toshkentda elektromobilda yongʻin chiqdi

Yashnobod tumanida avtomobilda yongʻin sodir boʻldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 26-avgust kuni soat 14:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Qorasuv koʻchasi 4-uy oldida, elektromobil yonayotganligi toʻgʻrisida poytaxt FVBBga murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yongʻin soat 15:07 da toʻliq oʻchirilgan.

Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu hodisa oqibatida jarohatlanganlar aniqlanmagan.