Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida boʻlib oʻtadi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda oʻtkaziladi (kompyuterda olinadi). Test sinovi uchun talabgorlar “my.gov.uz” sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi tillardan oʻtkazilishi, roʻyxatga olish muddatlari va test sinovi oʻtkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan:

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga koʻra, imtihon oʻtkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit toʻlgach, mazkur hudud boʻyicha roʻyxatdan oʻtish yopiladi.