Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Mamatkarimov hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Bahrom Abdullayev Renessans universitetida davlatimiz mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi ostida oʻtkazilgan bitiruv tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-oʻqituvchilar va jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Senatorlar oʻz tabrik soʻzlarida bitiruvchilar egallagan bilim va koʻnikmalarini yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyat ravnaqi yoʻlida samarali qoʻllashi zarurligini taʼkidladi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yosh avlodning sifatli taʼlim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, oʻz iqtidori va salohiyatini toʻla namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.