“Oʻzgidromet” 20-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 36-38° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 38-43° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° boʻladi.