Namanganda qurilish mollari bozorida yirik yongʻin chiqdi

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan qurilish materiallari bozori hududida yirik yongʻin sodir boʻldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Mingchinor mahallasida joylashgan bozorning savdo rastalarida yongʻin chiqqani toʻgʻrisidagi maʼlumot 18-avgust kuni soat 13:46 da kelib tushgan.

Ofat joyiga yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari zudlik bilan yetib borgan. Olov soat 13:58 da qurshab olingan va soat 15:58 da tamomila oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida hech kim jarohat olmadi. Hozirda yongʻin sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.