11
11

“Xumson” togʻida adashib qolgan fuqaro qutqarildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Xumson” togʻida adashib qolgan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatdi. Bu haqida vazirlikning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Unda aytilishicha, bugun, 23-sentyabr kuni soat 09:22 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali bir nafar fuqaro “Xumson” togʻiga sayr qilish maqsadida chiqib, adashib qolganligi va unga qutqaruvchilarning yordami zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib tushishgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.