11
11

Buxorodagi “Karvon” bozorida yirik yongʻin yuz berdi

Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” bozorida katta yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 oktyabr kuni soat 21:49 da Buxoro viloyati FVBga Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” bozorida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv boʻlinmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borgan. Soat 23:45 da yongʻin qurshab olingan va soat 00:12 da toʻliq bartaraf etilgan.

FVVga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.