“Oʻzgidromet” 14-21-avgust kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-avgustda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-16-avgustda 20-25° boʻladi, 17-21-avgustda 16-21° gacha pasayadi, kunduzi 14-avgustda 34-39° boʻladi, 15-21-avgustda 30-35° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17-avgustda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-18-avgustda 21-26°, 19-21-avgustda 19-24°, kunduzi 14-15-avgustda 37-42° boʻladi, 16-21-avgustda 32-37° gacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16-avgustda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-18-avgustda 21-26°, 19-21-avgustda 18-23°, kunduzi 14-16-avgustda 35-40° boʻladi, 17-21-avgustda 31-36° gacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19-avgustda 21-26°, 20-21-avgustda 19-24°, kunduzi 14-16-avgustda 37-42° boʻladi, 17-21-avgustda 34-39° gacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-18-avgustda 21-26°, 19-21-avgustda 18-23°, kunduzi 14-avgustda 35-40° boʻladi, 15-21-avgustda 30-35° gacha pasayadi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 14-avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 15-21-avgustda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-18-avgustda 15-20°, 19-21-avgustda 13-18°, kunduzi 14-16-avgustda 28-33° boʻladi, 17-21-avgustda 22-27° gacha pasayadi.